Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Miya sirlarini ochishga qadam: olimlar yangi texnologiya yaratdi

🟢Rossiya olimlari miya faoliyatini o‘rganishda muhim ilmiy yutuqqa erishdi. Endi tirik miya hujayralarini zarar yetkazmasdan kuzatish va ularning tashqi ta’sirlarga qanday javob berishini real vaqtda tahlil qilish imkoni paydo bo‘ldi. 🟣Yangi texnologiya ultra yupqa shisha nanokapillyar yordamida neyronlar va astrositlarni aniq nuqtalarda rag‘batlantirib, hujayralar ichida kechadigan jarayonlarni chuqur o‘rganishga xizmat qiladi. 🔵Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, miya […]

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 20 yanvardagi PQ–20-sonli qarori ijrosi, milliy platformalar faoliyati va sohada raqamlashtirish ishlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilish filial direktori, tibbiyot fanlari nomzodi Ravshan Panjiyevich To‘lakov raisligida o‘tkazildi. Unda tuman tibbiyot birlashmalari mas’ullari, statistlar, “Emergency Department” qabul bo‘limlari rahbarlari, katta hamshiralar, kuratorlar va shifokorlar ishtirok etdilar. Bo`lib o`tgan yig`ilishda PQ–20-sonli qaror hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 65-sonli buyrug‘i ijrosi doirasida infarkt va insult holatlarini erta aniqlash, bemorlarni marshrutizatsiya qilish va Milliy platformaga ma’lumotlarni […]

Boshqarma boshlig‘i N.Qurbonov Qumqishloq mahallasida obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi

Shahrisabz tumani Qumqishloq mahallasiga biriktirilgan mas’ul — viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Nizom Azizovich Qurbonov mahallada bo‘lib, aholi xonadonlari, ko‘chalar va tomorqalarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mahalla faollari va mutasaddilar bilan muloqot o‘tkazilib, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, hududlarni yanada obod qilish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish […]

Xotirani kuchaytirishning eng samarali yo‘li nima

🧠 Xotiraning susaymasligi uchun miya doimiy ravishda to‘g‘ri oziqlanishi va faol ishlashi kerak. 🌰 Omega-3 yog‘ kislotalariga boy mahsulotlar — yong‘oq, bodom, pista va turli urug‘lar miya faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Biroq ularni me’yorda iste’mol qilish muhim: kuniga 50 grammdan ortiq iste’mol qilish ortiqcha vazn to‘planishiga olib kelishi mumkin. 📚 Xotirani saqlash va rivojlantirish uchun miyani muntazam […]

Navbatda turmaslikning eng oson yo‘li — sog‘lom turmush tarzi

Ukol, BFQ va jarrohlik uchun uzun navbatlar ko‘pincha sog‘lom turmush tarziga e’tibor yetarli bo‘lmaganining oqibatidir. 🚶‍♂️ Ko‘proq harakat qiling, 🥗 to‘g‘ri ovqatlaning, 🚭 zararli odatlardan voz keching va muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘ting. Bugun sog‘lig‘ingizga vaqt ajrating — ertaga shifoxona navbatida turishga to‘g‘ri kelmasin! 💚

Qora qahva erta o‘lim xavfini kamaytirishi mumkin

Qahva nafaqat tetiklashtiradi, balki salomatlik uchun ham qator ijobiy xususiyatlarga ega. Tadqiqotlarga ko‘ra, har kuni 1–3 finjon qora qahva iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari va erta o‘lim xavfining kamayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar qahvaning yana quyidagi foydalarini qayd etmoqda: 🔹 Ichak mikrobiomini qo‘llab-quvvatlaydi; 🔹 Modda almashinuvini faollashtirishga yordam beradi; 🔹 Vazn nazoratiga ko‘maklashadi; 🔹 […]