Yig‘ilish filial direktori, tibbiyot fanlari nomzodi Ravshan Panjiyevich To‘lakov raisligida o‘tkazildi. Unda tuman tibbiyot birlashmalari mas’ullari, statistlar, “Emergency Department” qabul bo‘limlari rahbarlari, katta hamshiralar, kuratorlar va shifokorlar ishtirok etdilar.
Bo`lib o`tgan yig`ilishda PQ–20-sonli qaror hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 65-sonli buyrug‘i ijrosi doirasida infarkt va insult holatlarini erta aniqlash, bemorlarni marshrutizatsiya qilish va Milliy platformaga ma’lumotlarni kiritish ishlarining bugungi holati tahlil qilindi.
Mutaxassislar tomonidan infarkt va insultlarni boshqarishning zamonaviy yondashuvlari, Milliy platformada ishlash tartibi hamda ma’lumotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida kiritish bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
🟣Yig‘ilishda ayrim hududlarda platformaga ma’lumot kiritish sur’atlari talab darajasida emasligi qayd etildi va mas’ullarga bu boradagi ishlarni jadallashtirish vazifasi yuklatildi.
Shu bilan birga, raqamli tibbiyotni rivojlantirish, hisobotlarni avtomatlashtirish va boshqaruv samaradorligini oshirish maqsadida «SMAT» elektron hisobot tizimidan foydalanish tartibi tushuntirildi. Barcha mas’ullarga ma’lumotlarni tizimga o‘z vaqtida va to‘liq kiritish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
✅ Yig‘ilish yakunida sohada raqamlashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirish, milliy platformalar samaradorligini oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan shoshilinch tibbiy yordam sifatini yuksaltirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
