Tibbiyot xodimlari va Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida markaz filiallari o‘rtasida...
Filial haqidagi ma’lumotlar
Markazda 2 ta bo‘lim bo‘lib, maslahat bo‘limi va genetik laborotoriya bo‘limlaridan iborat.
Markaz 200 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, tarkibida: Genikologiya bo'limi, 1-akusherlik bo'limi
shifokorlar 71 nafar, o‘rta tibbiyot xodimlari 472 nafar, Oliy ma’lumotli provizor 1 nafar, kichik tibbiyot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-sentabrdagi “Onalar va bolalar salomatligini
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-sentabrdagi “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-296-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining “Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2023 yil 15 sentabrdagi 230-sonli buyruqlariga asosan 2023 yilning 5 oktabridan “Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filiali” davlat muassasasi nomi bilan faoliyat yurita boshladi.
Joylarda samarali perinatal yordam xizmatini takomillashtirish, onalar va go‘daklar o‘limi holatlarini kamaytirish. Homilador ayollarda ekstragenital kasalliklar (Ichki a’zo kasalliklar) ni davolash va oldini olish. Viloyatda onalar va chaqaloqlarga sifatli ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali va malakali tibbiy xizmatni ko‘rsatish hamda tibbiyot xodimlarining ishlashlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularning malakalarini uzluksiz oshirib borish, milliy standartlarga asoslanib, tibbiy yordamni tegishli joyda, kerakli vaqtda samarali ko‘rsatish, tug‘ruq bo‘limlardagi Sanitar me’yorlarni to‘la va jiddiy bajarish, shoshilinch akusherlik yordamini ko‘rsatishdan iborat.
Markaz 200 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, tarkibida:
I akusherlik bo‘limi, II akusherlik bo‘limi, OPB (Hom.Pat.B-mi), ginekologiya bo‘limi, chaqaloqlar patalogiyasi bo‘limi, chaqaloqlar reanimatsiyasi intensiv terapiya bo‘limi, kattalar Reanimatsiya intensiv terapiya bo‘limi, poliklinika bo‘limi
Shifokorlar 71 nafar, o‘rta tibbiyot xodimlari 472 nafar, Oliy ma’lumotli provizor 1 nafar, kichik tibbiyot xodimlari 210 nafarni tashkil etadi.
Akusher ginekolog 36 nafar , Neonotolog 19 nafar , Anesteziolog reanimatolog 6 nafar , Vrach laborant 4 nafar , Terapevt 1 nafar , Utt mutaxasisi 3 nafar , Vrach statist 1 nafar, Vrach metodist 2 nafar.
Homilada rivojlanishning tug‘ma nuqsonlarinii va xromosom sindromlarinii erta aniqlash maqsadida xavf guruxiga mansub homilador ayollarni va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni bir qator irsiy kasalliklarga skrining tekshiruvlaridan o‘tkazish, shuninigdek aniqlangan irsiy kasalliklar bilan bolalarni davolash
TG va FKU kasalliklari bilan kasallangan bolalarni qalqonsimon bezni davolovchi preparatlar va gidrolizatlar bilan bepul ta’minlash
Xududda xavfli guruxga kiruvchi homiladorlarada biokimyoviy skrining tekshiruvlarni o‘tkazish, chaqaloqlarda TG va FKUga ommaviy skrining tekshiruvlarni o‘tkazish
Mutaxassislar Respublika “Ona va bola” skrininng markazida malakasini oshirib, sertifikat olishgan. 15 ta shaxar va tuman KTMPlarida Volison-6 UTT apparati bilan ta’minlangan.
Markazda 11 nafari shifokor, 14 nafar hamshira faoliyat yuritadi
Agarda sizda o’zingizni qiziqtirgan savollar, taklif yoki murojaatlar bo’lsa yuborishingiz mumkun.
Qayta murojaat formasi orqali o’z savollaringizga javob oling
(91) 453-52-67
08:00 - 18:00
Bizning shifoxonamizda o’z ishining ustalari bo’lgan malakali shifokorlar faoliyat olib boradilar.
Bizning so’nggi yangiliklarimizni kuzatib boring. telegram kanalimizga obuna bo’lishni unutmang. Telegram kanalimizda ham so’nggi yangiliklarimiz yoritib boriladi
Tibbiyot xodimlari va Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida markaz filiallari o‘rtasida...
Kitob tumanilik Jasur Maqayev va Dilfuza Bahriddinova 5 nafar qizni katta orzu-havaslar bilan kamolga yetkazayotgandi. Yaqinda bu oilada bir yo‘la...
"Sog‘lom turmush" medali bilan Kurbonova Radxa Raxmatullayevna - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali...