Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Miya sirlarini ochishga qadam: olimlar yangi texnologiya yaratdi

🟢Rossiya olimlari miya faoliyatini o‘rganishda muhim ilmiy yutuqqa erishdi. Endi tirik miya hujayralarini zarar yetkazmasdan kuzatish va ularning tashqi ta’sirlarga qanday javob berishini real vaqtda tahlil qilish imkoni paydo bo‘ldi.

🟣Yangi texnologiya ultra yupqa shisha nanokapillyar yordamida neyronlar va astrositlarni aniq nuqtalarda rag‘batlantirib, hujayralar ichida kechadigan jarayonlarni chuqur o‘rganishga xizmat qiladi.

🔵Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, miya hujayralari mexanik ta’sirni turlicha qabul qiladi. Bu jarayonda hujayraning ichki tayanch tuzilmasi — aktin sitoskeleti muhim rol o‘ynaydi.

🔬 Ushbu ilmiy ishlanma kelajakda:• bosh miya jarohatlarini samarali davolash,• Alsgeymer va Parkinson kabi neyrodegenerativ kasalliklarni chuqurroq o‘rganish,• asab to‘qimalarini tiklashning yangi usullarini ishlab chiqishga zamin yaratishi mumkin.

Ulashish :