Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Boshqarma boshlig‘i N.Qurbonov Qumqishloq mahallasida obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi

Shahrisabz tumani Qumqishloq mahallasiga biriktirilgan mas’ul — viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Nizom Azizovich Qurbonov mahallada bo‘lib, aholi xonadonlari, ko‘chalar va tomorqalarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mahalla faollari va mutasaddilar bilan muloqot o‘tkazilib, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, hududlarni yanada obod qilish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish masalalari muhokama qilindi.

Nizom Qurbonov “Dolzarb 40 kunlik” doirasida xonadonlar, ko‘chalar va aholi tomorqalarini to‘liq tartibga keltirish, sanitariya va ozodalik ishlarini kuchaytirish, shuningdek, aholi murojaatlari va muammolarini manzilli hal etish bo‘yicha choralarni yanada faollashtirish zarurligini ta’kidladi.

Ulashish :