Respublika Ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filiali bo’limlari haqida batafsil ma’lumotlarni olishingiz mumkin.
Respublika Ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filiali bo’limlari haqida batafsil ma’lumotlarni olishingiz mumkin.
Joylarda samarali perinatal yordam xizmatini takomillashtirish, onalar va go‘daklar o‘limi holatlarini kamaytirish. Homilador ayollarda ekstragenital kasalliklar (Ichki a’zo kasalliklar) ni davolash va oldini olish. Viloyatda onalar va chaqaloqlarga sifatli ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali va malakali tibbiy xizmatni ko‘rsatish hamda tibbiyot xodimlarining ishlashlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularning malakalarini uzluksiz oshirib borish, milliy standartlarga asoslanib, tibbiy yordamni tegishli joyda, kerakli vaqtda samarali ko‘rsatish, tug‘ruq bo‘limlardagi Sanitar me’yorlarni to‘la va jiddiy bajarish, shoshilinch akusherlik yordamini ko‘rsatishdan iborat.
Homilada rivojlanishning tug‘ma nuqsonlarinii va xromosom sindromlarinii erta aniqlash maqsadida xavf guruxiga mansub homilador ayollarni va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni bir qator irsiy kasalliklarga skrining tekshiruvlaridan o‘tkazish, shuninigdek aniqlangan irsiy kasalliklar bilan bolalarni davolash
TG va FKU kasalliklari bilan kasallangan bolalarni qalqonsimon bezni davolovchi preparatlar va gidrolizatlar bilan bepul ta’minlash
Xududda xavfli guruxga kiruvchi homiladorlarada biokimyoviy skrining tekshiruvlarni o‘tkazish, chaqaloqlarda TG va FKUga ommaviy skrining tekshiruvlarni o‘tkazish
Mutaxassislar Respublika “Ona va bola” skrininng markazida malakasini oshirib, sertifikat olishgan. 15 ta shaxar va tuman KTMPlarida Volison-6 UTT apparati bilan ta’minlangan.
Markazda 11 nafari shifokor, 14 nafar hamshira faoliyat yuritadi