Onabola-QF.uz

Biz haqimizda

Tashkil topishi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-sentabrdagi “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-296-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining “Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2023 yil 15 sentabrdagi 230-sonli buyruqlariga asosan 2023 yilning 5 oktabridan “Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filiali” davlat muassasasi nomi bilan faoliyat yurita boshladi.

Amalga oshirilgan ishlar

Qashqadaryo viloyat xokimining 2022 yil 12 maydagi 337-4-0-Q/22  qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida, QVPM 2022 yil 13 maydagi № 61 “T”sonli buyrug‘i chiqarilib, Tuman ( shaxarlar) birlamchi bug‘in muassalarida axoliga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, axoliga ko‘rsatilayotgan malakali tibbiy yordam qamrovini kengaytirish, xududlarga tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, chekka xududlardagi extiyojmand axolini Viloyat markaziga davo istab kelishi bilan bog‘liq vaqt va mablag‘larini tejash xamda quyi bug‘inda faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish bo‘yicha 2022 yilning 13-31 may kunlari markaz mutaxassislari tomonidan Kasbi, Nishon, Qarshi, Muborak, G‘uzor tumanlariga jadval asosida borilib, joylarda amaliy va metodik yordam ko‘rsatildi. Shuningdek; yangi protokol va standartlar asosida ishlarni olib borilishi yo‘lga qo‘yildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 iyun kunidagi № 151-sonli “O‘zbekiston Respublikasida perinatal tibbiy yordamni maqsadli yo‘naltirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i talablari ijrosini ta’minlash, joylarda xomilador  tug‘uvchi va tuqqan ayollar xamda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ko‘rsatilayotgan perinatal yordamning sifat va samaradorligini yanada oshirish, undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, sog‘liqni saqlash tizimini barcha bosqichlaridagi tibbiyot muassalari va tibbiyot xodimlari o‘rtasidagi xamkorlik tizimini yaratish, shuningdek onalar o‘limi, perinatal o‘lim va go‘daklar o‘limi ko‘rsatkichlarini kamaytirish maqsadida  VSSB ning 2023 yil 7 fevral kunidagi №01-6/35 sonli ko‘rsatma xati asosida 2023 yilning 10 fevral kunidan 14 mart kuniga qadar “Xomilador ayollar xatlovi oyligini o‘tkazish” e’lon qilinib, markazining shaxar va tumanlariga mas’ul etib biriktirilgan 54 nafar mutaxassis (akusher-ginekolog, neonotolog terapevt)lardan iborat ishchi guruxi  tashkil etilib, ular tomonidan jami 178 marotaba chiqish qilinib, 4742 nafar xomilador ayolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijada e’tiborga loyiq ichki a’zo kasalliklari mavjud bo‘lgan homilador ayollar saralanib, 210 nafari VPMga yo‘llanma asosida  kelib tug‘ishi rejalashtirildi.

2022 yilning 6- oyida viloyati Perinatal markaziga respublikaning malakali mutaxassislari RAvaGIATM akusher-ginekologlari U.R. Erov, D.A.Shomirov va A.B.Safarovlar hamda RPM mutaxassis akusher-ginekologi D.N.Jumagulovalar amaliy va metodik yordam ko‘rsatish maqsadida tashrif buyurdilar.  Ular bilan hamkorlikda markaz akusher-ginekologlari B. Shodiev, S.Xudoyberdievlar ishtirokida Laporoskop apparati yordamida “Kistaektomiya” va total gisterektomiya jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi

2023 yilning 22 fevral kuni RIAGIATM muaxasislari Mkrtichev K.D  va L.Karimovalar tomonidan mutaxassislar ishtirokida, Koson tumanida qayd etilgan ona o‘limining xolati bo‘yicha konfidensial taxlil o‘tkazildi.

2023 yil 6- oyida viloyat Perinatal markazi shifokorlari o‘rtasida yillik tasdiqlangan jadval asosida har haftaning payshanba kuni  “Tug‘ma pnevmoniya”, “Zotiljam bilan kasallangan xomilador ayollarni olib borish”, “Akusherlikda qon ketish”, “Og‘ir preklampsiya” kabi mavzularda protokol soatlari jami 12 ta o‘tkazildi.

Tarix

Respublika Ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filialining binosi 2023 yilda foydalanishga topshirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yilning 10-noyabrdagi 2107 Farmoni, VMning №-46 sonli Qarori va Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2000 yil 26-iyundagi № 347-sonli buyrug‘iga asosan 2002 yilning 2 oktabrdan RIAvaGIATMQF tashkil etilib, 2017 yilning fevral oyidan boshlab Qashqadaryo viloyat Perinatal markazi nomi bilan faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-sentabrdagi “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-296-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining “Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2023 yil 15 sentabrdagi 230-sonli buyruqlariga asosan 2023 yilning 5 oktabridan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filiali” davlat muassasasi nomi bilan faoliyat yurita boshladi.  

 

Olingan tibbiy asbob uskunalar

Respublika Ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filialida budjet va muruvvat yo’li orqali jalb etilgan tibbiy asbob uskunalar.

Tibbiy asbob uskunalar

2017 yilda SSV tomonidan muruvvat yo‘li orqali jami 29.100.000 mln so‘mlik,

2018 yilda budjet mablag‘lari tomonidan jami 55.000.000 mln so‘mlik, SSV tomonidan muruvvat yo‘li orqali jami 299.711. 895 mln so‘mlik, Salomatlik-3 loyihasi tomonidan jami 155.080.458 mln so‘mlik, Umumiy qiymati 299.711.895 mln. so‘mlik tibbiy asbob uskunalar olindi. 2019 yilda budjet mablag‘lari tomonidan, SSV tomonidan umumiy qiymati jami 1.196.567.237 mln so‘mlik tibbiy asbob uskunalar olindi.

Tibbiy asbob uskunalar

2020 yilda budjet mablag‘lari tomonidan, VSSB tomonidan markazlashgan hamda SSV tomonidan umumiy qiymati jami 369.366.577 mln so‘mlik tibbiy asbob uskunalar olindi. 2021 yilda budjet mablag‘lari tomonidan 711.000.000 mln. so‘mlik tibbiy asbob uskunalar olindi.

2022 yilda budjet mablag‘lari tomonidan 690.000.000 mln so‘mlik tibbiy asbob uskunalar olindi.