Mazkur tadbir Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Perinatal tibbiyot assotsiatsiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning Qashqadaryo viloyat filiali hamkorligida tashkil etildi.
Unda 100 ga yaqin sohaning yetakchi mutaxassislari, vazirlik va hududiy boshqarma vakillari, akusher-ginekologlar hamda birlamchi tibbiy yordam tizimi oilaviy shifokorlari ishtirok etdi.
⚡️So‘nggi yillarda mamlakatimizda ona va bola salomatligini muhofaza qilish tizimini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Natijada birlamchi tibbiy yordam tizimi takomillashib, zamonaviy diagnostika va davolash usullari joriy etilmoqda, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
🧭Konferensiya doirasida ayollarga ambulator yordam ko‘rsatishdagi dolzarb muammolar, ularning samarali yechimlari, zamonaviy klinik yondashuvlar va xalqaro tajriba almashinuv mavzularida masalalar muhokama qilindi.
❗️Birlamchi bo‘g‘inda samarali, zamonaviy va integratsiyalashgan akusherlik-ginekologik yordam tizimini shakllantirish, shuningdek, tibbiy xizmatlar sifati va mutaxassislar malakasini yanada oshirishni maqsad qilgan ushbu anjuman tajriba almashish, ilg‘or amaliyotlarni joriy etish hamda ayollar va kelajak avlod salomatligi yo‘lida sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.






Qashqadaryo viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati