Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Arabxona mahallasida sayyor qabul va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

Bugun Qarshi shahrining Arabxona mahallasida Respublika Senati mas’ullari va ishtirokida viloyat hokimi M.Azimov, viloyat mas’ulllari va sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i N.Qurbonov ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul davomida fuqarolarning sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, kadastr va boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlari joyida ko‘rib chiqilib, mas’ullar tomonidan amaliy yechimlar belgilandi. Shuningdek, 7-oilaviy poliklinika hamda viloyat davolash muassasalarining malakali […]

Zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy yordam sifatini oshirish, innovatsiyalarni joriy etish hamda biznes jarayonlarini takomillashtirish xususiy sektorning ilg‘or tajribasi bilan chambarchas bog‘liqdir.

O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalaridagi xususiy sektor yutuqlari bilan batafsil tanishdi hamda o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldi. Xalqaro tibbiyot klasteri faoliyati alohida qiziqish uyg‘otdi. Mazkur model xalqaro tibbiy texnologiyalar, ilg‘or tibbiy standartlar va zamonaviy boshqaruv amaliyotlarini joriy etish uchun maxsus huquqiy rejimni yaratishni nazarda tutadi. Bemor manfaatlarini ustuvor qo‘yishga asoslangan […]

Oʻzbekiston Respublikasining Moskva shahridagi elchixonasida Rossiyaning yetakchi tibbiyot, ilmiy va taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan hamda tahsil olayotgan vatandoshlarimiz — shifokorlar, olimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda ta’kidlanganidek, mutaxassislarimizning har bir muvaffaqiyati ortida mashaqqatli mehnat mujassam: minglab ilmiy tadqiqotlar, yillab davom etgan bilim olish jarayoni, operatsiya xonalari va laboratoriyalarda orttirilgan bebaho tajriba. Ularning yutuqlari barchamizda cheksiz faxr tuygʻusini uygʻotadi va yuksak eʼtirofga loyiqdir. Muloqotning asosiy maqsadi vatandoshlarning taʼlim olishi va kasbiy faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarni muhokama qilish, sogʻliqni saqlash tizimini yanada […]

Moskva shahar merining ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Anastasiya Rakova bilan o‘tkazilgan muzokaralarda delegatsiyaga sog‘liqni saqlash tizimini boshqarishning yagona standartlari taqdim etildi. Mazkur model tibbiy jarayonlarni raqamlashtirish va bemorlarni uzluksiz yo‘naltirish tizimini nazarda tutadi.

«Moya poliklinika» yangi standarti asosida faoliyat yuritayotgan 220-sonli shahar poliklinikasi misolida delegatsiya birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etish, bemorlar oqimini boshqarish, raqamli ro‘yxatga olish hamda aholi o‘rtasida profilaktik ishlarni olib borish tamoyillari bilan tanishdi. S.P. Botkin nomidagi Moskva ilmiy-klinik markazida ko‘p tarmoqli statsionarlarni boshqarish, diagnostika va jarrohlik xizmatlarini tashkil etish, bemorlarni yo‘naltirish hamda zamonaviy tibbiy texnologiyalarni […]

O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyada sog‘liqni saqlash tizimi uchun kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini baholash tizimini barcha bosqichlarda – kasbga yo‘naltirish, o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlashdan tortib shifokorlarning diplomdan keyingi ta’limi hamda tibbiyot muassasalari rahbarlarining boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘rgandi.

Moskva 1-son tibbiyot kollejida hamshiralar va o‘rta bo‘g‘in tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashning zamonaviy yondashuvlari ko‘rib chiqildi. Xususan, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlari, simulyatsion o‘qitish hamda kollejning davolash muassasalari bilan hamkorlik tizimi katta taassurot qoldirdi. Moskva shahri Sog‘liqni saqlash departamentining Kadrlar markazida delegatsiyaga tibbiyot xodimlarining kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholashning yagona tizimi taqdim etildi. Rossiya uzluksiz kasbiy […]

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi. — Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание, посвященное приоритетным задачам по созданию новой среды в махаллях и организации деятельности «махаллинской семерки» на новых принципах.

Vaucherni rasmiylashtirish, almashtirish va bekor qilish tartibi qanday?

Prezidentimizning 2026-yil 21-maydagi tegishli qaroriga muvofiq, aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari doirasida bemorga tibbiy tekshiruvdan o‘tish, davolanish yoki jarrohlik amaliyotini o‘tkazish huquqini beruvchi vaucherlar topshirilayotganidan xabaringiz bor. ❓Xo‘sh, bu hujjatni rasmiylashtirish tartibi qanday? U yo‘qotilgan, shikastlangan, yaroqsiz holga kelgan taqdirda almashtirib beriladimi? Vaucher qaysi hollarda bekor qilinadi? ✅ Sog‘liqni saqlash vazirining 2026-yil 16-iyundagi 195-son buyrug‘i […]

O‘zbekiston — Eron: Tibbiyot sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama etildi

🇺🇿🇮🇷 Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Muhammadali Iskandariy bilan uchrashdi. 🖥 Muloqotda mazkur davlat bilan tibbiyot yo‘nalishidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. 🔺 Qayd etilganidek, keyingi yillarda davlatlarimiz rahbarlari tomonidan erishilgan kelishuvlar natijasida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar barcha sohalarda bo‘lgani kabi sog‘liqni saqlash yo‘nalishida ham izchil rivojlanmoqda. […]

Prezidentimizning shu yil 24 iyundagi qaroriga ko‘ra, tibbiyotimiz tarixida ilk bor Saratonga qarshi kurashish milliy dasturi qabul qilindi.

Prezidentimizning shu yil 24 iyundagi qaroriga ko‘ra, tibbiyotimiz tarixida ilk bor Saratonga qarshi kurashish milliy dasturi qabul qilindi. ❓Xo‘sh, u xalqimiz uchun nima beradi? 🎥 Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori o‘rinbosari Dilshod Egamberdiyev shu haqda batafsil ma’lumot berdi.