Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Arabxona mahallasida sayyor qabul va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

Bugun Qarshi shahrining Arabxona mahallasida Respublika Senati mas’ullari va ishtirokida viloyat hokimi M.Azimov, viloyat mas’ulllari va sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i N.Qurbonov ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, kadastr va boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlari joyida ko‘rib chiqilib, mas’ullar tomonidan amaliy yechimlar belgilandi.

Shuningdek, 7-oilaviy poliklinika hamda viloyat davolash muassasalarining malakali mutaxassislari ishtirokida keng qamrovli chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
🩺 Ko‘rikda kardiolog, urolog, otorinolaringolog, travmatolog, oftalmolog, endokrinolog, nevropatolog, pediatr, gastroenterolog, jarroh, akusher-ginekolog, terapevt hamda mobil diagnostika xizmatlari faoliyat olib bordi.

📌 Natijada: 🔹 180 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi; 🔹 73 nafar bemorga ambulator davolanish tavsiya etildi; 🔹 3 nafar fuqaro statsionar davolanishga yo‘naltirildi; 🔹 104 nafar fuqaroga profilaktik tavsiyalar berildi; 🔹 Dispanser hisobida turgan bemorlarga reimbursatsiya dasturi asosida bepul dori vositalari tavsiya etildi.

Bunday sayyor qabullar va tibbiy ko‘riklar aholiga sifatli tibbiy xizmatni mahallaning o‘zida ko‘rsatish, kasalliklarni erta aniqlash hamda fuqarolarning murojaatlarini tezkor hal etishga xizmat qilmoqda.

Ulashish :