Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Bachadon bo’yni saratonining oldini olish mumkin!

Oilaviy poliklinikangizdagi “Onconazorat” xonasida, Respublika Ona va Bola salomatligi ilmiy-amaliy tibboyot markazida yoki uning viloyatlardagi filiallarida tekshiruvdan o’ting. Mutaxassislarimiz har doim yordamga tayyor!

Ona sutining foydasi: Tadqiqotlarda tasdiqlangan 7 muhim fakt

1 — 7-avgust kunlari dunyoda Butunjahon ona suti bilan oziqlantirish haftaligi o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan uning bola va ona uchun foydasi isbotlangan ilmiy tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirmoqchimiz. 1️⃣ Go‘dak betob bo‘lib qolsa, 24 soat ichida ona sutida aynan o‘sha virusga qarshi antitanalar konsentratsiyasi oshishi aniqlangan. 2️⃣ “The Lancet” tibbiy jurnalida yozilishicha, hayotining birinchi olti oyi […]

Qorin qo‘yish — sog‘liq bilan bog‘liq muammolar xavfini oshirishi mumkin

Ammo bu faqat ortiqcha vaznli insonlargagina tegishli degani emas. Noto‘g‘ri ovqatlanish, ortiqcha shakar, tuz va yog‘li mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilish hatto tashqi ko‘rinishida semizlik bo‘lmagan odamlarda ham qator kasalliklar rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. 🛑Shuning uchun sog‘lom ovqatlanish har bir inson uchun muhim: ✅ Rasionda sabzavot va mevalar ulushini oshiring; ✅ Fast-fud va gazli ichimliklarni cheklang; […]

OIV infeksiyasi profilaktikasi bo‘yicha QUIZ-viktorina o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–14-son qarori ijrosini ta’minlash hamda “Tibbiy volontyorlik madaniyatini shakllantirish kuni” munosabati bilan Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi faollar zalida ma’rifiy QUIZ-viktorina tashkil etildi. Tadbirda “Javohir Med”, “Brosmed” va “Alfa Med” xususiy klinikalarining o‘rta tibbiyot xodimlari ishtirok […]

Rejali gemodializ muolajasini oluvchi bemorlar diqqatiga:

Sog‘liqni saqlash vazirligi rejali gemodializ muolajasini oluvchi bemorlarning tibbiyot muassasasiga borib-kelishi bilan bog‘liq yo‘l xarajatlarini davlat byudjeti hisobidan qoplashning yangi mexanizmini joriy etish taklifi bilan chiqmoqda. ➡️ Unga ko‘ra, bemorlar gemodializ muolajasiga o‘zlari uchun qulay transport (taksi, shaxsiy avtomobil yoki boshqa transport) vositasida borib-kelishi hamda sarflangan yo‘l xarajatlarini belgilangan tartibda qoplab berish imkoniyati yaratiladi. 🚕 […]

Ruhiy buzilishlar: alomatlari, sabablari va davolash usullari

Bugungi kunda ruhiy salomatlik jismoniy salomatlik kabi muhim ahamiyatga ega. Stress, tashvish, depressiya va boshqa ruhiy buzilishlar insonning kundalik hayoti, ish faoliyati hamda oila a’zolari bilan munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 🔹 Ruhiy buzilishlarning eng ko‘p uchraydigan turlari: • Depressiya • Tashvish (xavotir) buzilishlari • Uyqu buzilishlari • Bipolyar buzilish • Shizofreniya • Travmadan keyingi […]