Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

OIV infeksiyasi profilaktikasi bo‘yicha QUIZ-viktorina o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–14-son qarori ijrosini ta’minlash hamda “Tibbiy volontyorlik madaniyatini shakllantirish kuni” munosabati bilan Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi faollar zalida ma’rifiy QUIZ-viktorina tashkil etildi.

Tadbirda “Javohir Med”, “Brosmed” va “Alfa Med” xususiy klinikalarining o‘rta tibbiyot xodimlari ishtirok etib, OIV infeksiyasining oldini olish, profilaktikasi, xavf omillari hamda muloqotdan keyingi profilaktika masalalari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Qiziqarli va murosasiz bahslar ruhida o‘tgan viktorina davomida ishtirokchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, OIV infeksiyasi bo‘yicha xabardorlikni yanada oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ulashish :