Sog‘liqni saqlash vazirligi rejali gemodializ muolajasini oluvchi bemorlarning tibbiyot muassasasiga borib-kelishi bilan bog‘liq yo‘l xarajatlarini davlat byudjeti hisobidan qoplashning yangi mexanizmini joriy etish taklifi bilan chiqmoqda.
➡️ Unga ko‘ra, bemorlar gemodializ muolajasiga o‘zlari uchun qulay transport (taksi, shaxsiy avtomobil yoki boshqa transport) vositasida borib-kelishi hamda sarflangan yo‘l xarajatlarini belgilangan tartibda qoplab berish imkoniyati yaratiladi.
🚕 Ushbu mexanizm bemorlarga vaqt va mablag‘ini tejash, transport vositasini mustaqil tanlash imkonini beradi.
📌 Bu tashabbusni amalga oshirishdan oldin bemorlarning fikr va mulohazalarini o‘rganish biz uchun muhim. Shu maqsadda so‘rovnoma tashkil etildi.
📅 U joriy yilning 15 avgustiga qadar davom etadi.