Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, insonning ovqatlanish tarzi, jismoniy faolligi, stress darajasi va atrof-muhit omillari genlarning ishlash faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu sohadagi fan epigenetika deb ataladi.
Agar inson sog‘lom ovqatlansa, muntazam jismoniy faol bo‘lsa va zararli odatlardan yiroq yursa, organizmda ijobiy epigenetik o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. Aksincha, noto‘g‘ri ovqatlanish, kamharakatlik va nosog‘lom turmush tarzi ayrim kasalliklarga moyillikni oshiruvchi epigenetik o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun bugungi kun salomatligimiz nafaqat o‘zimiz, balki kelajak avlodlar sog‘lig‘i uchun ham muhim ahamiyatga ega.
