Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

KITOB TUMANIDA ILK XUSUSIY ZAMONAVIY TUG‘RUQ MARKAZI ISH BOSHLADI

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Kitob tumani markazida “DR. BOBOEV HEALTH CENTER” Ona-bola markazi foydalanishga topshirildi.

🟢Zamonaviy tibbiyot talablari asosida jihozlangan markazda ona va bolaga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Muassasada 1 va 2 xonali 50 ga yaqin yotoq o‘rni, 5 ta tug‘ruq zali, 2 ta operatsiya bloki, fitnes zali hamda bo‘lajak va yosh onalar uchun “Yosh onalar maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

🔵Loyihaning muhim jihatlaridan biri — 50 ta yangi ish o‘rni yaratilganidir. Bu esa aholi bandligini ta’minlash bilan birga, tumanda xususiy tibbiyot xizmatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

🟣Markazning tantanali ochilish marosimida vilpyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i N.Qurbonov, Kitob tumani hokimi Rustam Gafurov, Respublika va viloyat sog‘liqni saqlash tizimi mas’ullari, tibbiyot xodimlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yangi markazning ish boshlashi Kitob tumanida ona va bola salomatligini muhofaza qilish, zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Ulashish :