Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

“Tibbiyot fidoyisi” respublika tanlovi o‘tkaziladi

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan tizim xodimlari o‘rtasida “Tibbiyot fidoyisi” respublika tanlovini tashkil etish va o‘tkazishga doir chora-tadbirlar belgilandi.

➡️ Tanlov tashkilotchisi — Sog‘liqni saqlash vazirligi.
➡️ Texnik va tashkiliy operator — OVI (“OVI Unicorn” MCHJ) platformasi.

💫 Tanlov respublika va hududiy darajadagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi.

⬇️ Respublika darajasida:

🔴“Eng yaxshi respublika shifoxonasi rahbari”;
🟢“Eng yaxshi hududiy sog‘liqni saqlash organi rahbari”;
🔵“Eng yaxshi respublika yosh shifokori” (31 yoshgacha) nominatsiyalari.

⬇️ Har bir hududda:

🔴“Eng yaxshi tuman (shahar) sog‘liqni saqlash organi rahbari”,
🟢“Eng yaxshi oilaviy poliklinika rahbari”,
🔵“Eng yaxshi tuman (shahar) shifokori”,
🟡“Eng yaxshi tuman (shahar) o‘rta tibbiyot xodimi”,
🔴“Eng yaxshi oilaviy poliklinika”,
🟢“Eng yaxshi tuman (shahar) shifoxonasi”,
🔵“Eng yaxshi hududiy shifoxona”
nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

❗️Homiylik mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha nominatsiyalar ham belgilanishi mumkin.

🔃 Gʻoliblar uch komponentli metodika asosida aniqlanadi:

🏷 jamoatchilik fikri — 60%;
🏷 profil tibbiy assotsiatsiyalar bahosi — 30%;
🏷 Sog‘liqni saqlash vazirligi bahosi — 10%.

⭐️ Baholar OVI platformasida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar tomonidan tibbiy yordamga murojaat qilgandan so‘ng, telefon raqamini majburiy tasdiqlagan holda, 1 dan 5 gacha shkala bo‘yicha qo‘yiladi.

💻 Xolislikni ta’minlash uchun avtomatlashtirilgan hisob-kitob, raqamli qayd etish va soxta ovoz yig‘ishning oldini oluvchi antifrod mexanizmlari qo‘llaniladi.

📆 Tanlov har yili o‘tkaziladi. Platformada ovoz berish 31-oktabrda yakunlanadi. Natijalar 1-noyabr holatiga ko‘ra sarhisob qilinadi.

💻 OVI platformasi operator sifatida tanlovning texnik amalga oshirilishini ta’minlaydi va g‘oliblarni belgilash yoki yakuniy natijalarga ta’sir ko‘rsatish vakolatiga ega emas.

🏆 Gʻoliblar Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir martalik rag‘batlantiriladi:

➡️ tibbiyot muassasalariga — 500 million so‘m;
➡️ tibbiyot xodimlariga — 30 million so‘m.

🖥 Gʻoliblar ro‘yxati Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy axborot resurslari va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi hamda OVI platformasida aks ettiriladi.

📲 Tanlovda ishtirok etish uchun OVI platformasida roʻyxatdan o‘ting!

🤩 Batafsil ma’lumot:

🌐 https://tanlov.ovi.uz.
📞 +998781508856.

Ulashish :