Ko‘pchilik kartoshkaning o‘zi qondagi shakarni oshiradi deb o‘ylaydi. Aslida esa uni qanday tayyorlaganingiz katta ahamiyatga ega.
🔥 Issiq, endigina pishgan kartoshka tarkibidagi kraxmal tez parchalanadi va qondagi glyukoza miqdorini tez oshirishi mumkin.
❄️ Pishirib, sovutilgan kartoshka esa boshqacha ta’sir qiladi. Sovutilganda uning bir qismi rezistent (chidamli) kraxmalga aylanadi. Bu kraxmal ichakda sekin hazm bo‘ladi va qondagi shakar hamda insulin keskin ko‘tarilishining oldini olishga yordam beradi.
🔬 Ilmiy tadqiqotlar ham shuni ko‘rsatadiki, sovutilgan kartoshka issiq holda iste’mol qilingan kartoshkaga nisbatan glyukoza va insulin javobini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin.
✅ Tavsiya- Kartoshkani qaynatib yoki bug‘da pishiring. Muzlatgichda bir necha soat sovuting. Salat ko‘rinishida yoki yengil isitib iste’mol qiling.
⚠️ Eslatma: Bu usul qandli diabetni davolamaydi.