Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasining Moskva shahridagi elchixonasida Rossiyaning yetakchi tibbiyot, ilmiy va taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan hamda tahsil olayotgan vatandoshlarimiz — shifokorlar, olimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda ta’kidlanganidek, mutaxassislarimizning har bir muvaffaqiyati ortida mashaqqatli mehnat mujassam: minglab ilmiy tadqiqotlar, yillab davom etgan bilim olish jarayoni, operatsiya xonalari va laboratoriyalarda orttirilgan bebaho tajriba. Ularning yutuqlari barchamizda cheksiz faxr tuygʻusini uygʻotadi va yuksak eʼtirofga loyiqdir.

Muloqotning asosiy maqsadi vatandoshlarning taʼlim olishi va kasbiy faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarni muhokama qilish, sogʻliqni saqlash tizimini yanada rivojlantirishga doir takliflarini oʻrganish, shuningdek, xorijda faoliyat yuritayotgan yuqori malakali vatandoshlarimizni Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga keng jalb etishdan iboratdir.

Tadbir yakunida tajriba almashish, muntazam muloqotlar hamda tezkor ekspertlik koʻmagini yoʻlga qoʻyish maqsadida oʻzbekistonlik tibbiyot mutaxassislarining professional tarmogʻini shakllantirish taklifi ilgari surildi.

В Посольстве Узбекистана в Москве прошла тёплая встреча с соотечественниками — врачами, исследователями, преподавателями и студентами, которые сегодня работают и учатся в ведущих российских медицинских, научных и образовательных учреждениях.

За каждой историей успеха наших специалистов стоит огромный путь: тысячи страниц прочитанных исследований, годы учёбы, сотни часов у операционных столов и в лабораториях. Их успехи вызывают искреннюю гордость и заслуживают высокой оценки.

Основной целью встречи стало обсуждение условий обучения и профессиональной деятельности соотечественников, изучение их предложений по дальнейшему развитию системы здравоохранения, а также привлечение высококвалифицированных специалистов -соотечественников к проводимым в Узбекистане реформам.

По итогам встречи было предложено сформировать профессиональную сеть узбекских медицинских специалистов для обмена опытом, регулярных встреч и оперативной экспертной поддержки.

Ulashish :