Arabxona mahallasida sayyor qabul va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

Bugun Qarshi shahrining Arabxona mahallasida Respublika Senati mas’ullari va ishtirokida viloyat hokimi M.Azimov, viloyat mas’ulllari va sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i N.Qurbonov ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul davomida fuqarolarning sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, kadastr va boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlari joyida ko‘rib chiqilib, mas’ullar tomonidan amaliy yechimlar belgilandi. Shuningdek, 7-oilaviy poliklinika hamda viloyat davolash muassasalarining malakali […]
Zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy yordam sifatini oshirish, innovatsiyalarni joriy etish hamda biznes jarayonlarini takomillashtirish xususiy sektorning ilg‘or tajribasi bilan chambarchas bog‘liqdir.

O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalaridagi xususiy sektor yutuqlari bilan batafsil tanishdi hamda o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldi. Xalqaro tibbiyot klasteri faoliyati alohida qiziqish uyg‘otdi. Mazkur model xalqaro tibbiy texnologiyalar, ilg‘or tibbiy standartlar va zamonaviy boshqaruv amaliyotlarini joriy etish uchun maxsus huquqiy rejimni yaratishni nazarda tutadi. Bemor manfaatlarini ustuvor qo‘yishga asoslangan […]
Oʻzbekiston Respublikasining Moskva shahridagi elchixonasida Rossiyaning yetakchi tibbiyot, ilmiy va taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan hamda tahsil olayotgan vatandoshlarimiz — shifokorlar, olimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda ta’kidlanganidek, mutaxassislarimizning har bir muvaffaqiyati ortida mashaqqatli mehnat mujassam: minglab ilmiy tadqiqotlar, yillab davom etgan bilim olish jarayoni, operatsiya xonalari va laboratoriyalarda orttirilgan bebaho tajriba. Ularning yutuqlari barchamizda cheksiz faxr tuygʻusini uygʻotadi va yuksak eʼtirofga loyiqdir. Muloqotning asosiy maqsadi vatandoshlarning taʼlim olishi va kasbiy faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarni muhokama qilish, sogʻliqni saqlash tizimini yanada […]
Moskva shahar merining ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Anastasiya Rakova bilan o‘tkazilgan muzokaralarda delegatsiyaga sog‘liqni saqlash tizimini boshqarishning yagona standartlari taqdim etildi. Mazkur model tibbiy jarayonlarni raqamlashtirish va bemorlarni uzluksiz yo‘naltirish tizimini nazarda tutadi.

«Moya poliklinika» yangi standarti asosida faoliyat yuritayotgan 220-sonli shahar poliklinikasi misolida delegatsiya birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etish, bemorlar oqimini boshqarish, raqamli ro‘yxatga olish hamda aholi o‘rtasida profilaktik ishlarni olib borish tamoyillari bilan tanishdi. S.P. Botkin nomidagi Moskva ilmiy-klinik markazida ko‘p tarmoqli statsionarlarni boshqarish, diagnostika va jarrohlik xizmatlarini tashkil etish, bemorlarni yo‘naltirish hamda zamonaviy tibbiy texnologiyalarni […]
O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyada sog‘liqni saqlash tizimi uchun kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini baholash tizimini barcha bosqichlarda – kasbga yo‘naltirish, o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlashdan tortib shifokorlarning diplomdan keyingi ta’limi hamda tibbiyot muassasalari rahbarlarining boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘rgandi.

Moskva 1-son tibbiyot kollejida hamshiralar va o‘rta bo‘g‘in tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashning zamonaviy yondashuvlari ko‘rib chiqildi. Xususan, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlari, simulyatsion o‘qitish hamda kollejning davolash muassasalari bilan hamkorlik tizimi katta taassurot qoldirdi. Moskva shahri Sog‘liqni saqlash departamentining Kadrlar markazida delegatsiyaga tibbiyot xodimlarining kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholashning yagona tizimi taqdim etildi. Rossiya uzluksiz kasbiy […]