Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Maktab sumkasini tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak

Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi o‘quv yili oldidan ota-onalarga maktab sumkasini tanlash va to‘g‘ri taqish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Sumka bolaning orqa qismiga qulay joylashishi, tasmalari keng va yumshoq bo‘lishi kerak. Ryukzakning umumiy og‘irligi bola vaznining 10–15 foizidan oshmasligi tavsiya etiladi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun bu taxminan 3–5 kilogramm, o‘rta sinf o‘quvchilari uchun 6–8 kilogrammni tashkil etadi.

Ryukzakni ikki yelkaga baravar osish, beldan juda pastga tushirib yubormaslik va og‘ir buyumlarni sumkaning o‘rta qismiga joylashtirish tavsiya etilgan.

📊 Yuqoridagi infografika orqali shu haqda batafsil ma’lumotga ega bo‘lasiz.

Ulashish :