Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA XAYRLI TASHABBUS

O‘zbekiston Hamshiralar Assosiatsiyasi Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi tomonidan a’zolarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan xayrli tadbir o‘tkazildi. 🔵Tadbir doirasida davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘rta tibbiyot xodimlarining 8–11 yoshli 76 nafar farzandiga maktab sumkalari va o‘quv qurollari tarqatildi. 🟢Mazkur tashabbus tibbiyot xodimlari va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash, farzandlarga yangi o‘quv yili oldidan ko‘mak berishga qaratilgan.

5 YILDAN BERI HOVUZDA YASHAYOTGAN O‘SMIR — UNI QANDAY KASALLIK BEZOVTA QILADI

Hindistonda 16 yoshli o‘smir haqidagi g‘ayrioddiy voqea keng tarqaldi. Uning aytishicha, suvdan chiqishi bilan tanasida kuchli achishish va qichishish boshlanadi, suvga kirganda esa bu noqulaylik yengillashadi. Shu sababli u uzoq vaqtni hovuzda o‘tkazishga majbur bo‘lgan. 🧬 Mutaxassislar bunday belgilar aquagenic pruritus — akvagen qichishish deb ataladigan kam uchraydigan holatga o‘xshash bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. ❗️Bu holatda […]

Maktab sumkasini tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak

Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi o‘quv yili oldidan ota-onalarga maktab sumkasini tanlash va to‘g‘ri taqish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Sumka bolaning orqa qismiga qulay joylashishi, tasmalari keng va yumshoq bo‘lishi kerak. Ryukzakning umumiy og‘irligi bola vaznining 10–15 foizidan oshmasligi tavsiya etiladi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun bu taxminan 3–5 kilogramm, o‘rta sinf o‘quvchilari uchun 6–8 kilogrammni tashkil etadi. […]

Ichaklar — tanamizning “ikkinchi miyasi” ekanini bilasizmi

Ichaklarda 100 milliondan ortiq nerv hujayralari mavjud bo‘lib, ular miya bilan doimiy “aloqada” bo‘ladi. Shuning uchun ichaklar faqat ovqat hazm qilish bilan cheklanmaydi. 🔹 Ichak mikrobiotasi kayfiyat va asab tizimiga ta’sir qilishi mumkin. 🔹 Ichakdagi sog‘lom muhit immun tizimini qo‘llab-quvvatlaydi. 🔹 Noto‘g‘ri ovqatlanish esa hazm, uyqu va umumiy holatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 🔹 Miya […]