Kun davomida o‘zingizni charchagan, asabiy yoki xavotirli his qilasizmi? Sabablardan biri kortizol – stress gormoni muvozanatining buzilishi bo‘lishi mumkin.
❌ Och qoringa qahva ichish, nonushta qilmaslik; ko‘p miqdorda kofein, shakar va shirinliklar iste’mol qilish va surunkali uyqusizlik va doimiy stress jortizolni oshiradi
✅ Kortizolni me’yorda ushlash uchun: 🥚 Ertalab oqsilga boy nonushta qiling (tuxum, tvorog, qatiq); 🌾 Kechki ovqatda murakkab uglevodlarni tanlang (grechka, kinoa); 🥜 Magniyga boy mahsulotlarni iste’mol qiling (yong‘oqlar, ko‘katlar, to‘q shokolad); 😴 Har kuni 7–9 soat sifatli uyqu oling.
☕️ Tavsiya: Qahvani uyg‘ongach darhol emas, nonushtadan taxminan 30 daqiqa keyin ichish maqsadga muvofiq. Bu kortizolning keskin ko‘tarilishining oldini olishga yordam berishi mumkin.
⚠️ Eslatma: Kortizol organizm uchun zarur gormon hisoblanadi. Muammo uning doimiy ravishda yuqori darajada saqlanishida. Sog‘lom turmush tarzi uning tabiiy muvozanatini saqlashga yordam beradi.