Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Markaziy Osiyoda tibbiy yordam sifatini oshirish bo‘yicha JSSTning yangi tashabbusi yo‘lga qo‘yildi❗️

2026-yil 22-iyuldan boshlab Tojikistonda JSSTning Tibbiy yordam sifati va bemorlar xavfsizligi bo‘yicha Yevropa maktabi – Markaziy Osiyo uchun maxsus soni rasman o‘z ishini boshladi.

📍Markaziy Osiyoda ilk bor tashkil etilgan ushbu Maktab tibbiy yordam sifati va bemorlar xavfsizligini oshirish sohasida bilim hamda hamkorlikni mustahkamlash maqsadida sakkiz mamlakatdan 45 dan ortiq ishtirokchini birlashtirdi.

🖥Hafta davomida Salomatlik va strategik rivojlanish instituti bosh mutaxassisi Rustam Yo‘ldoshev ekspertlar rahbarligidagi muhokamalarda, siyosiy masalalar bo‘yicha muloqotlarda, amaliy seminarlar va simulyatsiya mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.

🔍 Unda samarali boshqaruv, kuchli yetakchilik va malakali tibbiyot xodimlariga e’tibor qaratgan holda tibbiy yordam sifatiga tizimli yondashuvlar o‘rganildi.

Ulashish :