O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda sohada ko‘p yillar samarali mehnat qilib, xalqimiz salomatligini asrashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh tibbiyot xodimlariga Mustaqillikning 35 yilligi esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur e’tirof — fidokorona mehnat va kasbga sadoqatning munosib qadri.
Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch va xalqimiz farovon bo‘lsin
