Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Kitob tumanida yangi ijtimoiy soha obyektlarini foydalanishga topshirish ishlari jadal davom etmoqda. Ayni kunlarda tumanda 30 ga yaqin ijtimoiy soha obyekti aholiga munosib bayram tuhfasi sifatida foydalanishga topshirilmoqda.
Jumladan, bugun tumandagi 4 ta umumta’lim maktabi hamda 6-sonli oilaviy poliklinikaning “Panji” mahalla filiali binosining tantanali ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi.
Xususan, “Yakkatut” mahallasidagi 19-maktabga 168 o‘rinli qo‘shimcha bino va sport zali, “Alaqo‘yliq” mahallasidagi 20-maktabga 420 o‘rinli qo‘shimcha bino, sport zali “Sharq yulduzi” mahallasidagi 24-maktabga 180 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi hamda “Obikanda” mahallasidagi 64-maktabga 480 o‘rinli qo‘shimcha bino, sport zali foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, ayrim maktablarda sport zallari tashabbusli budjet va homiylik mablag‘lari hisobidan barpo etildi.
“Panji” mahallasida 6-sonli oilaviy poliklinikaning mahalla filiali binosi ham tashabbusli budjet va homiylar ko‘magida foydalanishga topshirildi.
Tantanali ochilish tadbirlarida tuman hokimi Rustam Gafurov, tuman prokurori Xurshid Bahromov, nuroniylar, mahalla faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Yangi obyektlarning foydalanishga topshirilishi hududlarda ta’lim va tibbiyot xizmatlari sifatini oshirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida bunyod etilayotgan mazkur inshootlar xalqimizga munosib bayram tuhfasi bo‘lmoqda.
