Yakkabog‘ tuman tibbiyot birlashmasida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan 140 nafar tibbiyot xodimlarining farzandlariga o’quv qurollari va boshqa qimmatbaho sovg‘alar tarqatildi.
🟢Sovg‘alarni Yakkabog‘ tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Sarvar Jo‘rayev topshirib, farzandlarni bayram bilan tabrikladi va ularga sihat-salomatlik, quvonch va baxt tiladi.
🔖Ta’kidlash joizki, xalqimizga xos bunday ezgu tashabbuslar tibbiyot xodimlari va ularning oila a’zolariga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin ifodasidir.
