Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash tizimida raqamlashtirish jarayonlarining amaldagi holatini Andijon tajribasi asosida tanqidiy va tahliliy muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishga boshqarma boshlig’i N.Qurbonov raislik qildi. Unda Sog‘liqni saqlash vazirligining viloyatga biriktirilgan mas’ul xodimi Zafar Achilov, boshqarmaning raaamlashtrish bo’yicha oxrinbosari v.b Yu.Abdurahmonov shuningdek, viloyat sog‘liqni saqlash tizimidagi AKT yo‘nalishiga mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
🖥 Yig‘ilish davomida viloyat sog‘liqni saqlash tizimida raqamlashtirishning joriy holati tahlil qilindi. Mavjud muammo va kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi. Andijon tajribasi asosida raqamli tizimlarni samarali joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, tibbiyot muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining viloyatga biriktirilgan mas’ul xodimi Zafar Achilov tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, tizimdagi mavjud xato va kamchiliklar ham ochiq va tanqidiy ruhda ko‘rsatib o‘tildi.
Muhokamalar yakunida raqamlashtirish jarayonlarini bosqichma-bosqich, tizimli va natijadorlikka yo‘naltirilgan holda jadallashtirish bo‘yicha amaliy reja ishlab chiqildi.
Sog‘liqni saqlash tizimida raqamli texnologiyalarni samarali joriy etish, boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda zamonaviy raqamli infratuzilmani shakllantirish, shuningdek, belgilangan vazifalarning ijrosini muvofiqlashtirish, monitoring qilish va aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish maqsadida o`tkazilgan mazkur yig`ilishda boshqarmada Raqamlashtirish shtabini tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.
