Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Bir guruh tibbiyot xodimlari “FIDOYI VATANPARVAR” esdalik nishoni bilan mukofotlandilar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘z kasbiga sadoqati, fidokorona mehnati hamda xalq salomatligini muhofaza qilish yo‘lidagi xizmatlari uchun qashqadaryolik bir guruh tibbiyot xodimlari O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriylar va harbiy xizmatchilar uyushmasi tomonidan mazkur ko’krak nishoniga munosib deb topildi.

Ular:
🏅 Qurbonov Nizom Azizovich — Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i
🏅 Farmonova Dilfuza — Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bosh akusher-ginekologi
🏅 Xurramov O‘ktam — Chiroqchi tumani bosh akusher-ginekologi
🏅 Umarov Shokir — Shahrisabz shahar bosh akusher-ginekologi
🏅 Namozova Mehriniso — Yakkabog‘ tumani
🏅 Raxmonov Ruslan — Kardiologiya markazi
🏅Norqulova Mavluda-Tibbiyot va farmasevtika xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti viloyat filiali o’qituvchisi

Mazkur mukofot hamkasblarimizning kasbiga sadoqati, halol mehnati va el-yurt salomatligi yo‘lidagi fidokorona xizmatlariga berilgan munosib e’tirofdir.

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi jamoasi nomidan barcha mukofot sohiblarini samimiy muborakbod etamiz!

🇺🇿 Vatan va xalq salomatligi yo‘lidagi sharafli xizmatlaringiz bardavom bo‘lsin!

Ulashish :