Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

VILOYAT SOGʻLIQNI SAQLASH BOSHQARMASIDA JAMOATCHILIK ESHITUVI O‘TKAZILDI (https://t.me/qashqadaryo_ssb/22164?single)

Bugun Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 8 iyuldagi 420-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarini ijtimoiy sheriklik asosida sog‘liqni saqlash sohasiga keng jalb etish maqsadida jamoatchl ik eshituvi tashkil etildi.

Jamoatchilik eshituvida Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari, viloyat nodavlat notijorat tashkilotlari assosiatsiyasi vakillari, siyosiy partiyalar vakillari, NNT rahbarlari va faollari, OAV vakillari va davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Nurbek Hakimov so‘zga chiqib, o‘tgan davr mobaynida viloyat sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan axborot berdi.

💬 Ma’ruza yakunida ishtirokchilarning savollariga javob berildi, sohadagi mavjud masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi.

🤝Shuni ta’kidlash joizki, bu kabi jamoatchilik eshituvlari — sog‘liqni saqlash tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholi va fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishda va aholi o’rtasida tibbiy madaniyatni oshirishda muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.

Ulashish :