Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Kaloriyani keskin kamaytirish — ozishning eng to‘g‘ri yo‘li emas!

Inson organizmi ehtiyojidan ortiqcha kaloriya qabul qilganda, ortiqcha energiya yog‘ ko‘rinishida to‘planib, vazn ortishiga olib kelishi mumkin.

🟢Ammo ozish maqsadida och yurish yoki kaloriyani keskin cheklash ham samarali va barqaror usul hisoblanmaydi. Bunday yondashuv organizmda kuchsizlik, ochlik hissi va keyinchalik ortiqcha ovqatlanishga sabab bo‘lishi mumkin.

🥗 Sog‘lom ozishning asosiy tamoyili — to‘g‘ri tanlov!

🔵Ishtahani nazorat qilish va uzoq vaqt to‘qlik hissini saqlashga yordam beradigan mahsulotlar — sabzavotlar, oqsilga boy mahsulotlar, dukkaklilar, butun donli mahsulotlar va kletchatkaga boy oziq-ovqatlarni rasionga yetarli darajada kiritish muhim.

Shunda organizm zarur ozuqa moddalarini oladi, umumiy kaloriya iste’molini esa tabiiy ravishda me’yorlashtirish osonlashadi.

💡 Ozish — och qolish emas, balki oqilona va muvozanatli ovqatlanishdir!

Ulashish :