Viloyat hokimi Kitob tumanidagi o’rganish ishlari doirasida «Katlos» mahallasida bo’ldi. Bu yerda mahalla ahli uchun shu hududlik saxovatpesha tadbirkor Sherali Rajabov tashabbusi va homiyligi asosida tashkil etilgan zamonaviy tibbiyot muassasasidagi sharoitlar ko’zdan kechirildi.
Xususan, 10 ming nafarga yaqin aholiga xizmat ko’rsatayotgan 19-sonli oilaviy poliklinika faoliyati, unda yaratilgan zamonaviy sharoitlar, tibbiy xizmat ko’rsatish sifati hamda muassasaning zarur tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganligi bilan tanishildi.
Poliklinikada aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko’rsatish uchun barcha zarur imkoniyatlar yaratilgani, ayniqsa, olis tog’li hududda istiqomat qiluvchi