Tadqiqotlarga ko‘ra, ovqatni juda tez yeydigan insonlarda ortiqcha vazn va semirish xavfi yuqoriroq bo‘ladi. Chunki miya to‘yganlik signalini qabul qilishi uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi.
✅ Ovqatni sekin, yaxshilab chaynab va shoshmasdan iste’mol qilish:
• To‘yganlik hissini tezroq his qilishga;
• Ortiqcha kaloriya qabul qilmaslikka;
• Hazm jarayonini yaxshilashga;
• Qorin qo‘yish xavfini kamaytirishga yordam beradi.
Sog‘lom vaznni saqlash uchun nafaqat nima yeyishimiz, balki qanday yeyishimiz ham ahamiyatli.
🍏 Sekin ovqatlaning, sog‘ligingizni asrang!