Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i N.Qurbonov Kitob tumanidagi olis hududlarda bo‘ldi

Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Nizom Qurbonov Kitob tumanining olis qishloqlarida joylashgan tibbiyot muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida tibbiyot muassasalarida aholi va tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnika bazasi, dori-darmon ta’minoti hamda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘i hudud aholisi vakillari bilan muloqot o‘tkazib, ularning salomatligiga oid taklif va murojaatlarini tingladi. Uchrashuvlarda bildirilgan masalalarni hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Tashrif davomida aholiga sifatli va malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash, tibbiyot muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

Ulashish :