Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga telefon berish nega xavfli?

Bugungi kunda ko‘pchilik ota-onalar bolani tinchlantirish uchun telefon yoki planshet berib qo‘yadi. Ammo mutaxassislar 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ekran qurilmalarini ko‘rsatmaslikni tavsiya etadi.

❗️Erta yoshda ekranga ko‘p vaqt qarash:

🔹 Miya rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin;
🔹 Keyinchalik havotir va bezovtalik holatlari xavfini oshiradi;
🔹 Nutqning kech rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin;
🔹 Axborotni qabul qilish va o‘rganish jarayonini sekinlashtiradi;
🔹 Diqqatni jamlash hamda his-tuyg‘ularni boshqarishni qiyinlashtiradi.

👶 Bolaning sog‘lom rivojlanishi uchun unga ko‘proq jonli muloqot, o‘yinlar, kitoblar va ota-ona mehri kerak.

✅ Mutaxassislar 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga smartfon va planshetlarni bermaslikni tavsiya etadi.

Sog‘lom bolalik — sog‘lom kelajak poydevori!

Ulashish :