O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari O.Omonov hamda Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i N.Qurbonov Kitob tumani sog`liqni saqlash bolimi tizimida faoliyat yuritayotgan IT-operator mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🚨Uchrashuvda sog‘liqni saqlash tizimida raqamlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish, elektron axborot tizimlaridan samarali foydalanish, ma’lumotlarni o‘z vaqtida va sifatli kiritish hamda sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mutaxassislarning taklif va mulohazalari tinglanib, raqamli platformalar samaradorligini oshirish hamda ish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
