Shifoxona yoki poliklinikada ba’zan sizdan keyin kelgan bemor navbatsiz qabul qilinayotganini ko’rishingiz mumkin. Bu adolatsizlik emas, balki triaj tizimi asosida amalga oshiriladi.
🩺 Triaj nima❓Triaj — bemorlarning ahvolini og’irlik darajasiga qarab saralash tizimi bo’lib, eng shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarga birinchi navbatda yordam ko’rsatishni ta’minlaydi.
🔴 Darhol yordam talab etuvchi holatlar:
• Hushdan ketish;
• Nafas yetishmovchiligi;
• Kuchli qon ketish;
• Yurak xuruji yoki insult alomatlari;
• Og’ir jarohatlar.
🟡 Shoshilinch, ammo hayot uchun xavfi nisbatan kam bo’lgan holatlar:
• Yuqori harorat;
• Kuchli og’riqlar;
• Travmalar va boshqa o’tkir kasalliklar.
🟢 Umumiy navbat asosida qabul qilinadigan holatlar:
• Rejali ko’riklar;
• Surunkali kasalliklar nazorati;
Unutmang! Favqulodda holatda har bir daqiqa inson hayotini saqlab qolishi mumkin.