Qahva nafaqat tetiklashtiradi, balki salomatlik uchun ham qator ijobiy xususiyatlarga ega. Tadqiqotlarga ko‘ra, har kuni 1–3 finjon qora qahva iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari va erta o‘lim xavfining kamayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Mutaxassislar qahvaning yana quyidagi foydalarini qayd etmoqda:
🔹 Ichak mikrobiomini qo‘llab-quvvatlaydi;
🔹 Modda almashinuvini faollashtirishga yordam beradi;
🔹 Vazn nazoratiga ko‘maklashadi;
🔹 2-tur qandli diabet, Parkinson kasalligi, insult va yurak yetishmovchiligi xavfini pasaytirishga xizmat qilishi mumkin.
Shu bilan birga, olimlar bu xulosalar ilmiy tadqiqotlarga asoslanganini va qahvani me’yorida iste’mol qilish muhimligini ta’kidlamoqda.
☝️ Sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish bilan birga iste’mol qilingan qora qahva salomatlikni qo‘llab-quvvatlashga yordam berishi mumkin.