Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Jigar salomatligi — umumiy sog‘liq garovi

Abu Ali ibn Sino «Tib qonunlari» asarida jigarni qon hosil qilish va organizmni ozuqa bilan ta’minlaydigan eng muhim a’zolardan biri sifatida ta’riflaydi.

Jigar salomatligini asrash uchun:
✅ Ovqatlanishda me’yorga rioya qiling.
✅ Yog‘li va og‘ir taomlarni cheklang.
✅ Hazm tizimiga e’tibor bering.
✅ Har kuni jismoniy faol bo‘ling.
✅ Yetarlicha uxlang va ruhiy xotirjamlikni saqlang.

Ibn Sino jigar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda za’faron, zirk (barbaris), sikoriy, atirgul kabi dorivor o‘simliklarning foydali ekanini ham qayd etgan.

🌱 Eslatma: Tabiiy vositalardan foydalanishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

📖 Manba: Abu Ali ibn Sino — «Tib qonunlari».

Ulashish :