Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

🎓 “Oq yo‘l sizga, bitiruvchilar!”: Qarshi shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumini 2️⃣9️⃣2️⃣ nafar bitiruvchi tamomladi

Joriy yilda texnikumni 292 nafar bitiruvchi muvaffaqiyatli tamomladi. Shundan:
🔹 112 nafari – tibbiyot brigadasi hamshirasi;
🔹 91 nafari – feldsher;
🔹 40 nafari – tibbiy profilaktika mutaxassisi;
🔹 28 nafari – funksional diagnostika mutaxassisi;
🔹 21 nafari – farmatsiya yo‘nalishi bitiruvchisidir.Kuni kecha 2026-yilgi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi tantanali ruhda bo‘lib o‘tdi.

🟢Tadbirda Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasii bo`lim boshlig`i N.Hakimov so‘zga chiqib, bitiruvchilarni hayotlaridagi unutilmas sana – diplom olganliklari bilan samimiy tabrikladi. U yosh mutaxassislarga kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyat, yuksak mas’uliyat va Vatanga sadoqat tiladi.
Shuningdek, texnikum direktori vazifasini bajaruvchi X.Eshmuratov bitiruvchilarga murojaat qilib, egallagan bilim va kasbiy ko‘nikmalarini xalq salomatligini mustahkamlash yo‘lida fidokorona safarbar etishlariga ishonch bildirdi.

🟣Tadbirning eng hayajonli lahzalaridan biri — bitiruvchilarning “Hamshiralik qasamyodi”ni qabul qilishi hamda diplomlarning tantanali ravishda topshirilishi bo‘ldi.
Yangi hayot sari dadil qadam qo‘yayotgan barcha bitiruvchilarga oq yo‘l, mustahkam sog‘liq, kasbiy faoliyatida ulkan zafarlar va xalqimiz salomatligi yo‘lida sharafli xizmat tilaymiz!

Ulashish :