Qamashi tumani 48-oilaviy poliklinika Chiyal filiali hududida Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i N. Qurbonovning sayyor qabuli tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolarning sog‘liqni saqlash sohasi bilan bog‘liq murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, malakali mutaxassislar ishtirokida aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik ham o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik davomida fuqarolarning salomatligi baholanib, zarur tavsiya va davolanish yo‘nalishlari bo‘yicha maslahatlar berildi.
Bunday sayyor qabullar va tibbiy ko‘riklar aholiga sifatli tibbiy xizmatni yanada yaqinlashtirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etishga xizmat qilmoqda.
