Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Zamonaviy ortopediya va travmatologiya: Kitob tumanida ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi

Kitob tumani markaziy shifoxonasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish hamda shifokorlarning kasbiy malakasini yuksaltirish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi professori Ahmad Malikshayevich Dursunov ishtirokida ilmiy-amaliy seminar va mahorat darslari tashkil etildi.

Seminar davomida bolalarda uchraydigan skolioz va umurtqa pog‘onasi deformatsiyalari, son suyagining tug‘ma chiqishi, tug‘ma bo‘yin qiyshiqligi hamda tug‘ma oyoq maymoqligi kabi patologiyalarni erta aniqlash, ularni davolash va profilaktika qilishning zamonaviy yondashuvlari muhokama qilindi.
Shuningdek, kattalarda keng uchraydigan osteoxondroz, koksartroz va gonartroz kasalliklarini tashxislash, konservativ hamda jarrohlik davolashning ilg‘or usullari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir doirasida respublika miqyosida tasdiqlangan klinik protokollarning tuman tibbiyot muassasalarida amaliyotga tatbiq etilishi o‘rganilib, ularni yanada samarali joriy etish yuzasidan mutaxassislarga tavsiyalar taqdim etildi.

Ulashish :