Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Homilador ayollar uchun eng muhim vitaminlar❗️

Sog‘lom homiladorlik nafaqat to‘g‘ri ovqatlanish, balki organizm ehtiyojiga mos vitamin va minerallarni qabul qilish bilan ham bog‘liq.

✅ Foliy kislotasi (B9) – homilaning miya va asab tizimi to‘g‘ri rivojlanishiga yordam beradi.

Temir – kamqonlikning oldini oladi, ona va homilaga kislorod yetkazib berishda muhim.

Yod – qalqonsimon bez faoliyati hamda homilaning aqliy rivojlanishi uchun zarur.

D vitamini – suyak va tishlarning mustahkam rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Kalsiy – ona va homilaning suyaklari hamda tishlari uchun muhim mineral.

Omega-3 (DHA) – homilaning miya va ko‘rish qobiliyati rivojlanishiga yordam beradi.

⚠️ Vitamin va biologik faol qo‘shimchalarni faqat shifokor tavsiyasiga ko‘ra qabul qiling. O‘zboshimchalik bilan dori yoki vitamin iste’mol qilish ona va homila salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

💚 Sog‘lom homiladorlik — sog‘lom farzand garovi!

Ulashish :