Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Achilova Salima Ibragimovnaning tibbiyot xodimlari va jamoatchilikka MUROJAATI

Hurmatli hamkasblar, aziz yurtdoshlar!
Bugungi kunda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish, bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish va jamiyatimiz farovonligini ta’minlash yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu jarayonda bizning eng katta dushmanlarimizdan biri bu— korrupsiyadir. Bu illat nafaqat tizimga, balki eng avvalo xalqimizning ishonchi va salomatligiga zarar yetkazadi.
Men, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori sifatida, barcha tibbiyot xodimlarini halollik, poklik va mas’uliyat tamoyillariga qat’iy amal qilishga chaqiraman. Har bir murojaatga e’tiborli bo‘lish, bemorlarga sidqidildan xizmat ko‘rsatish va ularning dardini o‘z dardidek qabul qilish bizning asosiy vazifamizdir.
Bu borada markazimizda fuqarolarimizning e’tiroz va takliflarini bildirishlari uchun har bir binoning kirish qismida aloqa raqamlari, fikr bildirish qutilari va murojaat minbari tashkil etilgan.
Agar siz korrupsion holatga duch kelsangiz, ushbu imkoniyatlardan foydalanib murojaat qilishingiz mumkin. Har bir murojaat albatta, ko‘rib chiqiladi va tegishli choralar ko‘riladi.
(📞 Aloqa raqamlari:
+998 98 776-99-90 — Direktor, Salima Achilova Ibragimovna

Ulashish :