Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Ona va bola salomatligi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi!

Kitoblik oilada quvonch — bir yo‘la to‘rt egizak qizaloq dunyoga keldi!

Inson hayotidagi eng buyuk mo‘jizalardan biri — bu yangi hayotning dunyoga kelishidir. Ayniqsa, bu quvonch bir emas, to‘rt karra bo‘lsa, har bir yurakda shukronalik va baxt tuyg‘usi yanada jo‘sh uradi.

Shunday quvonchli voqea yaqinda Kitob tumanida ham ro‘y berdi — tumandagi oddiy, ammo mehrga boy oilada bir yo‘la to‘rt egizak qizaloq dunyoga keldi. Bu xabar nafaqat oila a’zolarini, balki butun tuman ahlini, hatto viloyat jamoatchiligini ham cheksiz quvontirdi.

Hozirda ona va chaqaloqlar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filialida malakali shifokorlar nazoratida. Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, ona va egizaklarning holati barqaror, ularning sog‘lig‘i doimiy tibbiy kuzatuv ostida.

Kecha ushbu xushxabar sababli

 

viloyat hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

 

Ziyoda Aminova

 

hamda

 

Kitob tumani hokimi o‘rinbosari

 

Gulbahor Begimova

 

shifoxonaga tashrif buyurib, ona va egizaklar holidan xabar oldilar. Ular oilaning baxti va farovonligi uchun samimiy tilaklar bildirib, viloyat hokimining esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

Ulashish :