“Agar tibbiyot xodimi oilasi va farzandlariga ko‘proq vaqt ajratsa, o‘z ustida chuqurroq ishlasa, shaxsiy rivojlanish, kasbiga bo‘lgan muhabbat, eng muhimi, ishidagi sifat va unum yanada oshadi.
Shuning uchun kelgusi yil 1-apreldan davlat tibbiy muassasalaridagi oyliklarni to‘liq saqlab qolgan holda ish haftasini hozirgi olti kunlikdan besh kunlikka o‘tkazamiz”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Jizzax tog‘larining eng so‘lim go‘shalaridan birida qad ko‘targan alohida dam olish maskani tibbiyot xodimlari uchun tuhfa qilinadi.