Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyat filialida “Sun’iy intellekt asoslari: xalqaro yondashuvlar va amaliy qo‘llanilishi” mavzusidagi trening muvaffaqiyatli yakunlandi.
📌 Trening onlayn va offlayn formatlarda tashkil etilib, unda ishtirokchilarga:
— global AI tizimlarini joriy etish metodlari,
— amaliy ma’lumotlar tahlili vositalari,
— tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarning imkoniyatlari batafsil o‘rgatildi.
🎓 Trening yakunida mutaxassislarga xalqaro sertifikatlar topshirildi.
Ular sun’iy intellekt bo‘yicha egallagan yangi bilim va ko‘nikmalarni amaliy faoliyatda qo‘llashga tayyor ekanliklarini tasdiqladi.
🔵 Shuningdek, ishtirokchilarga xalqaro ekspert malaka sertifikatlari, jumladan, JSSTning Bemorlar xavfsizligi kuniga bag‘ishlangan global tashabbusi doirasidagi sertifikatlar ham topshirildi.
