Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Yangi 2026 yilning ilk kuni: Qashqadaryoda 121 nafar chaqaloq dunyoga keldi!

Yangi yilning birinchi kuni — 2026 yil 1-yanvar sanasi viloyatda quvonchli voqealar bilan boshlandi. Soat 00:00 dan 16:00ga qadar jami 121 nafar chaqaloq dunyoga keldi.

📊Chaqaloqlarning 56 nafar qizaloq va 64 nafar o‘g‘il bola
🤱 2 holat
da egizak chaqaloqlar tug‘ildi

👩‍⚕️👨‍⚕️Yangi yil bayrami bo‘lishiga qaramay, viloyat bo‘yicha barcha tibbiyot muassasalarida yuzlab tibbiyot xodimlari navbatchilik asosida xizmat olib borishmoqda.
Xususan: tug’ruq komplekslari va bo’limlarida 46 nafar akusher-ginekolog, 31 nafar neonatolog, 116 nafar shifokor va 146 nafar hamshira navbatchilikda

Ular tomonidan tug‘ruq jarayonlari, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning holati va onalar salomatligi doimiy tibbiy nazoratga olindi.

✨ Yangi yilni ish joyida, mas’uliyat va fidoyilik bilan qarshi olgan tibbiyot xodimlarining mehnatiga tasanno aytsak. arziydi.

Ulashish :