Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Akusher ginekologlar uchun Sayyor sikl  bo’lib o’tmoqda

Ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filialida sog‘liqni saqlash boshqarmasining buyrug’iga asosan Respublika tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish instituti tomonidan akusher ginekologlar uchun 144 soatlik sayyor o‘quv sikli tashkil etildi.

📅 O‘quv mashg‘ulotlarida shahar va tumanlaridan 43 nafar akusher-ginekolog ishtirok etmoqda.

📖 Sayyor sikl “Homiladorlik davri xavf omillari va asoratlari” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, mashg‘ulotlar davomida shifokorlarning bilim va ko‘nikmalarini yangilash, homiladorlik davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni erta aniqlash va ularning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Sikl davomida poytaxtdan tashrif buyurgan professor o’qituvchilar markazda davolanayotgan bemorlarni ko’rikdan o’tkazib, ularning salomatligi borasida tegishli tavsiyalarni berishmoqda.

Ulashish :