Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Qashqadaryoda tibbiyot sohasiga sunʼiy intellektni joriy qilish masalalari muhokama qilindi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat bir guruh mutaxassislar viloyatimizga tashrif buyurib, hududdagi tibbiyot muassasalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida tibbiyot sohasi uchun yaratilgan zamonaviy ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, xususan, sun’iy intellekt va axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali kasalliklarni erta aniqlash, tashxis qo‘yish aniqligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Taqdim etilgan ishlanmalar orasida yurak-qon tomir kasalliklari xavfini erta aniqlash va bashorat qilish tizimi, bachadon bo‘yni va sut bezi saratonini prognozlash dasturlari, endoskopik tasvirlar asosida oshqozon yaralarini sun’iy intellekt yordamida aniqlash vositasi, tish kasalliklarini rentgen tasvirlari orqali tahlil qilish dasturi, shuningdek, bemorlarni masofadan monitoring qilish platformalari mavjud.

Uchrashuvda viloyatda tibbiyot sohasini raqamlashtirishni jadallashtirish, ilg‘or IT ishlanmalarni bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish hamda soha mutaxassislari bilan hamkorlikni kengaytirish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Ulashish :