Bugun Qarshi shahar tug‘ruq kompleksida quvonchli voqea yuz berdi. Mirishkor tumanida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan ona 10 yillik farzand kutish orzusidan so‘ng tabiiy yo‘l bilan homilador bo‘lib, bir yo‘la uch nafar o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi.
Homiladorlikning 36-haftasida arterial qon bosimi yuqori bo‘lgani sababli shifokorlar tomonidan ona va bolalar salomatligini inobatga olgan holda rejalashtirilgan kesarcha kesish amaliyoti bajarildi.
Natijada uch nafar sog‘lom o‘g‘il chaqaloq dunyoga keldi:
👶 Hasan — 2 400 gramm,
👶 Husan — 2 450 gramm,
👶 Yusuf — 2 560 gramm.
Ayni paytda ona va chaqaloqlarning umumiy ahvoli qoniqarli. Ular malakali shifokorlar nazoratida bo‘lib, zarur tibbiy parvarish bilan ta’minlanmoqda.
Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash tizimi jamoasi ushbu baxtiyor oilani chin dildan muborakbod etadi.